Meyvezer Habib uchun katta sportga qaytdimi? Yengilmaslar jangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Avvalroq, amerikalik bokschi kichik Floyd Meyvezer katta sportga qaytish niyatida ekani haqida xabar bergan edik.

Amerikalik bokschining sportga qaytishi Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov bilan bog‘liqligi taxmin qilinayotgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Floyd 2020 yilning yanvar oyida Habib Nurmuhamedov bilan jang qiladi. Jang boks qoidalari bo‘yicha bo‘ladi va Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Bu haqda Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdul Aziz ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, boks qoidalari bo‘yicha jang Habibga yirik miqdorda gonorar va katta shon-shuhratga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli rossiyalik sportchi 28 ta jang o‘tkazib barchasida g‘olib bo‘lgan. 42 yoshli amerikalik bokschi Floyd Meyvezer esa 50 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. U so‘nggi marta 2017 yilning avgustida Konor Makgregorga qarshi ringga chiqib, 10-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezer

Baholaganlar

395

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing