“Liverpul” muhim o‘yinda Trentning xizmatidan foydalana olmaydi

Sport

image

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning APL 7-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi. Kecha, 28 sentyabr kuni 22 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Portu”ga qarshi o‘yinda (5:1) ham maydonga tushmagan edi.

“Afsuski, Trent mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Avvaliga bu jiddiy emasdek tuyuldi, tekshiruvdan so‘ng, hammasi jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ldi. U “Portu” bilan o‘yinda qatnashmadi. Arnoldning “Siti” bilan o‘yindagi ishtiroki ham katta so‘roq ostida qolmoqda. Unda mushaklari bilan bog‘liq muammo bor. Biz mazkur bahsga qadar sog‘ayadi, deb o‘ylagandik, ammo muammo jiddiyroq bo‘lib chiqdi”, deydi Yurgen Klopp.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Manchester Siti” uchrashuvi joriy yilning 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Trent Aleksander Arnold “Liverpul” safida 2016 yildan beri harakat qiladi. Shu vaqtga qadar u 185 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol etib, 47 golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Klopp Man Siti Arnol'd

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing