Litva-2021. O‘zbekiston futzalchilari Rossiyaga qarshi o‘ynaydi

Sport 7562
image

Ayni damda Litvada futzal bo‘yicha to‘qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Bugun, 15 sentyabr kuni mundialning 2-turiga start beriladi. Unda “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya futzal termasiga qarshi kurash olib boradi. Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan uchrashuvni Bahodir Ahmedov shogirdlari to‘liq oq rangli formada o‘tkazadi. Darvozabon esa qora rangli libosda bo‘ladi.

Shuningdek, bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bosh hakam braziliyalik Gin Tells bo‘ladi.

Futzal. JCH-2021

2-tur, 15.09.2021

O‘zbekiston - Rossiya

Bosh hakam: Gin Tells (Braziliya)

Zaxira hakami: Daniel Matkovich (Shveysariya)

Ikkinchi hakam: Diyego Molina (Kosta-Rika)

Uchrashuv komissari: Silviya Sergeyus (Litva)

Taymkiper: Josh Uilkens (AQSH)

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 153
Reyting: 3.1
t
×