Liman boy berilgach, Qodirov dahshatli taklif bildirdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaning Krasniy Liman shahri boy berilishida general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi va yadro qurolidan foydalanish zarurligini aytdi. Bu haqda u Telegram kanalida yozgan.

“Lapin bu hududning mudofaasiga rahbarlik qilgan va qo‘shinni zarur aloqa vositalari bilan ta’minlamagan, qo‘shimcha o‘q-dorilar esa hududga kirmagan”, deydi u.

Qayd etilishicha, “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondonlari tomonidan Krasniy Limandagi xavf haqida ogohlantirilgan Qodirov bu ma’lumotni Bosh shtabga yetkazgan.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov unga Lapinning yetakchilik qobiliyatiga shubha qilmasligini va Krasniy Liman hamda uning atrofidan chekinishi mumkinligiga ishonmasligini aytgan.

Shuningdek, Qodirov Lapinni iste’dodsiz odam deb atagan hamda Mudofaa vazirligining kadrlar siyosatini tanqid qilgan.

Qodirov so‘zining oxirida chegara hududlarida harbiy holat e’lon qilinib, ta’siri past bo‘lgan yadro qurolidan foydalanish zarurligini aytgan.

“Men Rossiya Federatsiyasi Oliy Bosh qo‘mondoniga qanday hisobot berishni bilmayman. Shaxsiy fikrimcha nisbatan keskin choralar ko‘rish, xususan, chegara hududida harbiy holat e’lon qilish va kam ta’sirli yadro qurolidan foydalanish kerak”, deydi Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktabr kuni Donetsk Xalq Respublikasining (O‘zbekiston tan olmagan – tahr.) Krasniy Liman shahridan ittifoqchilar qo‘shinlari qamal qilish xavfi yuzaga kelganligi sababli olib chiqilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing