Kusherboyev tenderlar haqida: “Bu – mutasaddilarning mavqeidan foydalanib qilinayotgan o‘g‘irlik”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev viloyat hokimlari, o‘rinbosarlari va tender o‘tkazishga mas’ul rahbarlarning “o‘z cho‘ntaklari” sifatidagi tadbirkorlik sub’ektlari orqali byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelayotgani yashirib bo‘lmas darajaga chiqqanini aytdi.

“Bu – o‘zining ustun mavqeidan foydalanib qilinayotgan ochiq o‘g‘irlik. Buning boshqa shakli – korrupsiya. O‘g‘irlik va korrupsiya esa, doimo jinoyat hisoblangan. Lekin negadir bu ishlar hozircha nazorat organlariga jinoyat bo‘lib ko‘rinmayapti. G‘alatimasmi? 

Eng yomoni biror bir hudud mas’uli byudjet mablag‘larini qarindosh va yaqinlari orqali o‘zlashtirilishini tayinli javob bilan rad qilgani ham yo‘q. Demak, bularning bari rost va ular buni inkor qilishmayapti. Shunchaki bez-betlik: terimning qalini jonimni huzuri, deganlaridek”, deydi deputat.

Shuningdek, Kusherboyev mazkur holatga nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura balki parlament va jamoatchilik ham jim qarab turmasligi, bu kabi o‘g‘irlik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatda bo‘lishi shartligini aytib, prokuraturadan tezkor choralar ko‘rilishini so‘ragan.

Avvalroq, Andijon, Jizzax, Xorazm va Navoiyda viloyat hokimi, uning o‘rinbosari yoki davlat buyurtmasiga mas’ul bo‘lgan mulozim davlat buyurtmalarini o‘z qarindoshlariga bo‘lib berish holati aniqlangani haqida xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev tender

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing