Ko‘llari quritilgan Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi quriladi

Jamiyat

image

2022 yilda Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi qurib bitkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlarga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, qurilish sohasida 2022 yilda bir qator yirik ob’ektlarni topshirish rejalashtirilgan. Jumladan:

  • Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbek milliy akademik drama teatri va O‘zbekiston davlat san’at muze yini o‘z ichiga olgan yangi, ulkan majmua – Ma’naviyat shaharcha;
  • Islom sivilizatsiya markazi qurilish ishlari davom ettiriladi;
  • Sport musobaqalari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o‘tkazish maqsadida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab “Olimpiya shaharchasi”ni bunyod etish yuzasidan qurilish ishlari boshlanadi;
  • Geologiya fanlari universitetidagi qurilish loyihasining ikkinchi bosqichida laboratoriya, Davlat geologiya qo‘mitasi ma’muriy binosi, geologiya fondi va sport majmuasi quriladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida 12 ta “yashil zona”lar va xiyobonlar hamda 25 ta alleyalar tashkil etiladi.

Dasturga muvofiq, 2022 yilda 7 ta kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish, shunigdek, mavjud gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash hamda suv resurslarini takomillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Qayd etish kerakki, Milliy bog‘ hududidagi ikkita sun’iy ko‘l qisqa vaqt ichida quritildi. 2018 yilda quritilgan nisbatan katta ko‘l o‘rnida Magic city parki qurildi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan ikkinchi ko‘lda esa oxirgi marta 2019 kuzida suv bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Milliy bog‘ hududida 2017 yildan beri olib borilayotgan faol qurilish ishlari natijasida bog‘ning O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasiga tutash qismida Adiblar xiyoboni tashkil etildi, Magic City parki ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing