Koronavirusga chalinganlar 20 mingga yaqinlashdi. 63 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyul kuni O‘zbekistonda 592 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2 nafar, Jizzax  viloyatida esa 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahrida, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida jami 359 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 952 nafar bemordan 10 831 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 010 nafar bemordan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 176 nafar, statsionar karantinda esa 26 098 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing