Koronavirusga chalingan homilador ayollarning virus qurboni bo‘lish ehtimoli yuqori

Salomatlik

image

Koronavirusga chalingan homilador ayollar homilador bo‘lmagan ayollarga nisbatan ko‘proq virus qurboni bo‘ladi. AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari shunday xulosaga kelishgan. 

O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, koronavirusga chalingan homilador ayollarning o‘limi 0,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, homilador bo‘lmagan ayollarning o‘limi esa 0,1 foizni tashkil etgan. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday ko‘rsatkich ushbu davrda tanada yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gap yurak urish tezligining ortishi, immunitet tizimidagi siljishlar, o‘pka hajmining qisqarishi kabi holatlar haqida bormoqda.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar 22 yanvardan 3 oktyabrgacha yig‘ilgan statistik ma’lumotlarni o‘rganib chiqishgan. Shunda koronavirus yuqtirgan 19 mingdan ortiq homilador ayollarning 33 nafari vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 47 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing