Koronavirus xavfi: Hindistonda dahshatli antirekord qayd etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Hindistonda o‘tgan bir sutka davomida 217 353 nafar kishi koronavirus bilan kasallandi, 1,1 ming nafar bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etdi. Bu mamlakatga kasallik kirib kelganidan buyon bir sutkada sodir bo‘lgan o‘lim va kasallanish holatlari bo‘yicha rekord natija bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonda naqd 37 kundan beri bir sutkada kasallanganlar soni ortib bormoqda, davolanayotganlar soni esa 135,9 mingdan 1,56 million kishiga yetdi.

Ma’lumot uchun, Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. SSVning so‘nggi bayonotiga ko‘ra, mamlakatda 14,29 million COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etilgan.

Shu bilan bir qatorda, 12,54 million kishi kasallikdan sog‘aygan, 174 ming nafar inson koronavirus va shu turdagi kasallik oqibatida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 117 million kishi COVID-19 ga qarshi emlangan, oxirga sutka davomida emlanganlan soni 2,7 millionga ortdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda koronavirusga qarshi uchta vaksina ko‘llanilishi mumkin: AstraZenecaning Covieshield nomi ostidagi mahalliy turi, Covaxin va Rossiyaning “Sputnik V”.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing