Koronavirus: Hindiston Rossiyani ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Olam

image

Hindiston koronavirus tarqalishi bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirib, dunyoda uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Bugun, 7 iyul holatiga Hindistonda 719 664 kishida koronavirus aniqlangan. 20 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Dunyoda koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH ham yetakchilik qilyapti. U yerda 2,9 mln odamda koronavirus aniqlangan va 130 ming odam vafot etgan.

Ikkinchi o‘rinda 1,6 mln aholisida koronavirus aniqlangan Braziliya boryapti. Lotin Amerikasi mamlakatida 65 ming kishi virus qurboni bo‘lgan.

Rossiyada esa 686 ming odamda koronavirus aniqlangan va 10 ming odam halok bo‘lgan.

Dunyo bo‘yicha jami 11,6 mln odamda koronavirus aniqlangan. Qurbonlar soni 538 mingdan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing