Konor meni sindiraman degandi, endi esa o‘zi shu holatga tushdi — Pore

Sport 4146
image

Xabaringiz bor, bugun tongda juda ko‘pchilikning e’tiborini tortgan, yilning eng shov-shuvli jangiga aylanishi kutilgan UFC 264 doirasidagi Konor Makgregor – Dastin Pore jangi o‘z nihoyasiga yetdi. Jangda Pore birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan tashqari, jang paytida Konorning oyog‘i sinib ham ketdi. 

“Trilogiya” yakunida Dastin Pore g‘alabasi va Konorning oyog‘i sinishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Jangning boshida “lou kik”dan so‘ng qattiq og‘riq sezdim, oyog‘im singandek bo‘ldi. Shukrki, hammasi joyida ekan. Jangdan avval Konor keraksiz bo‘lgan gaplarni juda ko‘p gapirdi, jangchilarda o‘zaro hurmat bo‘lishi lozim, deb o‘ylayman. U uyiga qaytishini va tezroq oilasi bilan birga bo‘lishini tilab qolaman.  Oila bilan jarohatlar ham tezda bitadi. U meni sindiraman degan edi, endi esa o‘zi shu holatga tushib qoldi. 

“Qo‘lingdan kelmaydigan ishni aytsang, uning teskarisi bilan jazolanasan”, degandi ustozim”, deya Dastinning so‘zlarini keltiradi UFC rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, bu Konor va Pore o‘rtasidagi uchinchi jang edi. Birinchi jangda Konorning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, ikki hamda uchinchi janglarda Pore g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 117
Reyting: 3.1
t
×