Xususiy bog‘chalarni jihozlash hokimlarga yuklanadi

Jamiyat

image
1 maydan bog‘cha puli oshadi north_east

1 maydan bog‘cha puli oshadi

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.

Loyihaga asosan amaldagi hujjatga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagicha:

•  Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan shakldagi ruxsatnoma beriladi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari yoki bevosita yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

-ariza;

-ruxsatnoma;

-yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma.

•  Ijtimoiy ko‘makka muxtoj oilalar – kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar.

•  Maxsus kontingent – harbiy xizmatchilarning va xuquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun mo‘ljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga ko‘maklashadi.

•  Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy organlari tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va o‘quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi javob beradi.

•  Ruxsatnoma davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolanganidan keyingina yakka tartibdagi tadbirkorga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish va uning faoliyatini yuritish huquqini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Xususiy bog'cha

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing