Xorazmlik uch qizni Dubayga fohishalik uchun sotayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Xorazmlik 3 nafar qizni Birlashgan Arab Amirliklariga fohishalik qilish uchun sotib yuborayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Urganch shahrida yashovchi, 1986 y.t. V.S. va uning Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi, 1979 y.t. S.V. xorazmlik 1998 y.t. K.Z., 1998 y.t. J.O. va 2000 y.t. R.X.ning ishonchiga kirib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklarga yuborishni rejalashtirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.S. hamda S.V. qizlarni Urganch shahridan Toshkent shahriga avtomashinada jo‘natayotgan vaqtlarida ushlangan.

Aniqlanishicha, K.Z., J.O. va R.X. o‘zining nomiga “Toshkent - Dubay” yo‘nalishi bo‘yicha sotib olingan aviachipta hamda rasmiylashtirilgan viza harajatlarini Dubay shahrida ishlab, pul topganlaridan so‘ng to‘lab berishlari kerak bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida V.S. BAAdagi jinoiy aloqalari buyurtmasiga ko‘ra, muqaddam bir nechta ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun Dubay shahriga yuborgani ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda V.S. va S.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Dubay

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing