Xorazmda dahshatli YTH yuz berdi. Avtobus ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Xorazmda Isuzu avtobusi va LADA rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi

Qayd etilishicha, YTH bugun, 12 may kuni soat 14:30 larda Urganch shahrining Al-Xorazmiy, Sheroziy va G‘ofur G‘ulom ko‘chalari tutashgan chorrahada sodir bo‘lgan.

Svetofor orqali tartibga solinuvchi ushbu chorrahada sodir bo‘lgan YTH oqibatida Isuzu rusumli avtobus yon tomonga ag‘darilgan va undagi ikki nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtobusning yo‘lovchilari turli darajada tan jarohati olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing