“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” rahbari 15 ming dollar pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
09 yanvar 2021
4651“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. U o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulashga ruxsat berish uchun tadbirkordan 15 ming dollar so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur mansabdor shaxs xizmat xonasida o‘z xodimi orqali so‘ralgan pulni olgan vaqti ushlangan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023