Xitoyda aholini qayta ro‘yxatga olish boshlandi

Olam

image

Xitoyda so‘nggi 10 yilda ilk bor aholini qayta ro‘yxatga olish boshlandi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmsi taxminiga ko‘ra, ma’lumotlarni qayta ishlab, tahlil qilishga 2 yil ketadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Mamlakat tarixidagi yettinchi ro‘yxatga olish kampaniyasi joriy yilning 10 dekabrigacha davom etadi. Bu jarayonga 7 million odam jalb qilingan. Ularning har biri 250 nafar atrofida odamni ro‘yxatga olishi kerak.

Xitoyliklardan tashqari, Hukumat mamlakatda yashayotgan xorijliklarning hisobini ham bilib olmoqchi. Bunda sayyohlar va qisqa muddatli mehnat safariga kelganlar hisobga olinmaydi. Ammo xorijdagi xitoylik talabalar va mehnat safariga ketganlar qo‘shiladi.

2019 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisi Gonkong, Makao va Tayvanni hisobga olmaganda 1,4 milliardni tashkil qilgan. Xitoyda 1953, 1964, 1982, 1990, 2000 va 2010 yillarda umummilliy aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing