Xitoy TIV rahbari Ukraina inqirozining asl sababini aytdi

Olam

image

Xitoy Yevropa xavfsizligidagi muvozanatning yo‘qolishi Ukraina inqirozining asosiy sababi deb hisoblaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Fransiya Prezidentining diplomatik maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan suhbatda ta’kidladi.  

“Ukraina muammosining asl sababi oxir-oqibatda Yevropa xavfsizligi o‘z muvozanatini yo‘qotganida yotadi. Bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga muvofiq muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik tizimini qayta qurish zarur, faqat shu yo‘l bilan Yevropada uzoq muddatli barqarorlik va uzoq muddatli tartibni haqiqatdan ham ta’minlash mumkin”, degan Van I.

Van Ining ta’kidlashicha, Xitoy tomoni tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatilishidan umidvor va buning uchun o‘z yo‘lida harakat qilmoqda. 

“Shu bilan birga, biz barcha tomonlar tinchlik muzokaralarini rag‘batlantirish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratishi, muzokaralar jarayonini “tezlatuvchi” rolini o‘ynashi kerak, deb hisoblaymiz. Bir tomondan o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatish haqida baqirish, boshqa tomondan esa, ko‘p sonli qurol va jihozlarni uzluksiz yetkazib berish kerak emas”, degan vazir. 

Shuningdek, u, bir tomondan muloqot va tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashni e’lon qilish va shu bilan birga, qarama-qarshiliklarni yanada keskinlashtirishga turtki bo‘lgan cheksiz bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashni qabul qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

765

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing