Xakerlar Trampning saylovoldi shtabi saytiga hujum qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi saytiga xakerlar hujum qildi. Bu haqda Prezidentning saylov kampaniyasi Matbuot kotibi Tim Mertau xabar berdi. 

Unga ko‘ra, siyosatchining saylovoldi shtabi sayti kecha, 27 oktyabr kuni kechqurun xakerlar tomonidan buzilgan. 

"Biz Huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda hujum manbasini tekshirish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Xakerlar maxfiy ma’lumotlardan foydalana olmaganlar, chunki ular saytda saqlanmagan", deb yozgan Mertau Twitter’dagi o‘z sahifasida. 

Uning ta’kidlashicha, saytning faoliyati allaqachon tiklangan.

Ma’lumot uchun, AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga 6 kun qoldi. Ular 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov tramp

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing