Xafsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchi ham jarimaga tortiladimi? 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining yonidagi yo‘lovchiga xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarima qo‘llanilayotgani haqida xabarlar tarqalib, munozalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu bahsli vaziyatga Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi Shodmon Safarov izoh berdi. 

Qayd etilishicha, amaldagi qoidalarga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmaganlik bo‘yicha faqat haydovchiga nisbatan jarima qo‘llanilmoqda, yo‘lovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha esa qonunchilikka takliflar kiritilgan. 

"Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarida transport vositasini boshqarayotgan va old o‘rindiqdagi yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqib olish shartligi belgilangan. Xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchiga nisbatan BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) yarim miqdorida jarima solinadi.

Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchi bo‘yicha esa qonunchilikka takliflar kiritilgan, ko‘rib chiqilmoqda. Ayni vaqtda xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha keyinchalik, albatta, axborot beriladi”, deydi Shodmon Safarov.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing