Kelishib olinglar! Mutaxassis SSVning dezinfeksion tunnellar haqidagi bayonotini rad etdi

Jamiyat

image

Kecha, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi savdo ob’ektlari, turar-joylar, metro, davlat va jamoat tashkilotlari, bozorlarga qo‘yilayotgan dezinfeksiya tunnellar koronavirusga qarshi eng foydasiz chora ekani haqida ma’lum qilgan edi. 

Bugun, 7 sentyabr kuni esa Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov SSVning dezinfeksiya tunnellar foydasi ekani haqidagi bayonotni rad etdi.
 
“Dezinfetsion tunnellarni umuman foydasi bo‘lmadi, deb baholash xato fikr. Bugungi kunga qadar dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi ta’sir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida rasmiy maqolalar chop etilmagan”, dedi Rustam Ikromov.

Uning ta’kidlashicha, dezinfetsiya tunnellari sabab birgina o‘tkir ichak yuqumli kasalliklar 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan, joriy yilning mos davrida 61 foizga kamaygani, virusli gepatit “A” turi 76 foizga kamaygani.

Eslatib o‘tamiz, dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bugungacha qabul qilingan qarorlarda majburiy etib belgilangan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing