Kelasi yildan magistratura imtihonlarini DTM o‘tkazadi. Hujjat topshirish uchun jiddiy talab qo‘yiladi

Jamiyat

image

Kelasi o‘quv yilidan magistraturaga kirish uchun mutaxassislik fanidan imtihonlar Davlat test markazi tomonidan olinadi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press klubning OTMlarga qabul mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida aytib o‘tdi.

“Magistraturaga qabul jarayonida adolatsizliklarning oldini olish uchun bir qadam qo‘yildi. Magistraturaga qabulning bosqichlari bor. Birinchisi, to‘rt yil o‘qilgan bakalavr diplomining o‘rtacha bali olinadi. Ikkinchisi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha chet tilidan imtihon bor. Ana shu imtihon oliy ta’lim muassasasining o‘zida olinar edi, Davlat test markaziga o‘tkazildi. Endi ular ham DTM orqali test topshiradi”, deydi Toshqulov.

Vazir so‘zida davom etib, mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni ham DTMga o‘tkazish uchun tashkilotning imkoniyatlarini ham inobatga olish kerakligini ta’kidladi.

“Mutaxassislikka kelganda DTM imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Vaqt qisqaligi uchun mutaxassislik fanlarini o‘tkazishga ulgurmadik. Kelasi o‘quv yilida, mana bu yil bitiruvchi bakalavrlarimiz buni bilishi kerak, mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga o‘tkaziladi”, dedi vazir Toshqulov.

Amaldor kelasi o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishini aytdi. Shunday sertifikat olmasa, xorijdagidek hujjat topshira olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM magistratura

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing