Kapitoliy bosqinida maxfiy ma’lumotga ega askar ham qatnashgani aniqlandi

Olam

image

Dengiz kuchlari bazasida pudratchi bo‘lib ishlagan va maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan AQSH armiyasining zaxiradagi xodimi Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olinganlar orasida bo‘lgan. Bu haqda kecha, 17 yanvar kuni “The Daily Beast” axborot portali xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan Timoti Xeyl-Kuzanelli ham oq tanlilar g‘oyalari va natsizm tarafdori bo‘lgan. Erkak bu fikrlarini, o‘zining YouTube kanalida ochiq aytgan. Shunga qaramay, bu unga AQSH dengiz kuchlari bazasida pudratchi sifatida maxfiy ma’lumotlarga kirish hamda turli xil qurol va o‘q-dorilarni olishga to‘sqinlik qilmagan.

Huquq-tartibot idoralari Kapitoliyga bostirib kirishda gumon qilinuvchilar orasida askar ham borligi to‘g‘risida Xeyl-Kuzanellining o‘zi bu haqda aytgan axborotidan bilib olgan. 

“Xeyl-Kuzanelli manbasiga ko‘ra, agar ular yanada ko‘pchilikni tashkil qilganda, butun Kapitoliy binosini egallab olishlari mumkin edi”, deyiladi,FBI xodimi ishiga biriktirilgan bayonotda.

Erkakka tartibsizliklarda qatnashish va AQSH Kongressi hududiga noqonuniy bostirib kirish ayblari qo‘yilgan. 

AQSHning vakolatli organlari 20 yanvar kuni saylangan Prezident Jozef Baydenning inauguratsiyasi oldidan Vashingtonda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Oq uy va Kongressga tutash shahar markazining muhim qismi transport uchun yopiq. Kapitoliy tepaligi o‘rab olingan, keng jamoatchilikka bir necha kundan beri ruxsat berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing