Kamchatkada vulqonga ko‘tarilayotgan 5 nafar sayyoh halok bo‘ldi
Olam
−
03 Sentabr 2022
10195Kamchatkadagi “Klyuchevskaya Sopka” vulqoniga ko‘tarilish paytida besh nafar sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda Kamchatka o‘lkasi prokuraturasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishidan iborat sayyohlik guruhi Oltoy, Novosibirsk, Primorsk, Kamchatka o‘lkasi, Moskva va Vladimir viloyatidan kelgan. 30 avgust kuni o‘n nafar sayyoh va ikki gid vulqonga yo‘l olgan.
Qayd etilishicha, vulqonga ko‘tarilish paytida besh kishi yiqilib halok bo‘lgan, ba’zi sayyohlar esa jarohat olgan. Omon qolgan sayyohlarga gipotermiyadan qochish uchun pastga tushish maslahat berilgan.
Holat yuzasidan Kamchatka prokuraturasi tekshiruvni boshlagan.
Ma’lumot o‘rnida, “Klyuchevskaya Sopka” Yevroosiyodagi eng faol vulqon bo‘lib, uning balandligi 4,8 ming metrga yetadi. Vulqon taxminan 7000 yoshda.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023