“KamAZ” bilan to‘qnashgan Hyundai haydovchisi voqea joyida vafot etdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Jizzax viloyatida “KAMAZ 5410” va Hyundai rusumli yuk avtomobili o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 00:55 da viloyatning Paxtakor tumani hududidan o‘tgan M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 952-kilometrida sodir bo‘lgan. 

“KAMAZ 5410” rusumli yuk avtomobili harakatlanib kelayotib, belgilangan joydan qayrilib olayotgan vaqtda Hyundai rusumli yuk avtomobili uning yon qismiga kelib urilgan. Buning oqibatida 1996 yilda tug‘ilgan Hyundai haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing