Qo‘yliqda katta tezlikda harakatlangan avtobus xonadon devoriga urildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 oktyabr kuni Toshkentning Qo‘yliq mavzesida yuqori tezlikda harakatlanib kelgan yo‘lovchi avtobusi xonadon devoriga borib urildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 8 oktyabr kuni ertalabki soat 6:00 larda Uysozlar va Uysozlar 2-tor ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, avtobus yuqori tezlikda harakatlanib kelib, yo‘lning kesishgan joyidan qayrilmoqchi bo‘lgan. Biroq, shu vaqtda orqa g‘ildiraklar tormozi ishlamay qolgan va yo‘l chetidagi svetoforni ag‘darib, so‘ng xonadon devoriga borib urilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, ammo xonadon devoriga, shuningdek avtobusning old qismiga zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ va boshqa vakolatli tashkilotlar hozircha rasmiy ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

251

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing