Qurbon hayitida Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar ham yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
10:10 322 1 daqiqa
Qurbon hayiti bayrami arafasida Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25–31 may kunlari “Uzbekistan Airways”, “Silk Avia” hamda “Centrum Air” aviakompaniyalari tomonidan ushbu yo‘nalishlarda borish va qaytish uchun jami 28 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
Ushbu qatnovlar orqali qariyb 9 ming nafarga yaqin yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha qiilinishicha, amaldagi jadvalga ko‘ra, haftasiga Toshkent – Buxoro yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Urganch yo‘nalishida 35 ta hamda Toshkent – Nukus yo‘nalishida 16 ta reys bajarilmoqda. Umumiy haftalik qatnovlar soni 97 tani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurbon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilar oqimi keskin oshgani sabab Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus reyslari tashkil etilgandi.
Live
Barchasi