Qurbon hayiti kuni maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Jamiyat

image

9 iyul kuni Toshkent shahrida Qurbon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 9 iyul kuni poytaxtning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Qurbon hayit namozi o‘qilishi belgilangan. Mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Qurbon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:

 

Avvalroq, Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan, ya’ni 1 soat vaqtliroq boshlashi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing