Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarga soxta tibbiy hujjat sotgan hamshira ushlandi

3-sahifa

image

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolariga qalbaki tibbiy hujjatlarni tayyorlab, sotgan hamshira qo‘lga olindi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘zbekistonlik fuqarolarga chegaradan o‘tish uchun tibbiy hujjatlarni soxtalashtirib bergan Sari-og‘och tuman shifoxonasi hamshirasi hamda uning ikkita sherigi qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, hamshira va uning sheriklari ushbu hujjatni 3 mingdan 8 ming tengegacha sotishgan. 

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ushbu soxta hujjat tibbiy muassasaning tavsiyasiga binoan  chegarani kesib o‘tish va tegishli xizmatlarni olish imkonini bergan. 

Xabarga ko‘ra, gumon qilinuvchi shaxslarning yashash va ish joylarida tintuv o‘tkazilganda oldindan tayyorlab qo‘yilgan 1 ming 226 ta tibbiy blankalar topilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 385-moddasi bilan sudgacha tergov jarayonlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan soxta hujjatlarni tayyorlaganlarga 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, undan foydalanganlik uchun esa 40 kun qamoqqa olish jazosi belgilangan. 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart To‘qayev soxta tibbiy hujjatlar bilan bog‘liq vaziyat “o‘ta xavfli” ekanini ta’kidlab, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish uchun maxsus guruh tuzishga ko‘rsatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing