Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi muddatidan avval tugatildi
Jamiyat
−
20 iyul 2022
11734O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 iyul kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilmoqda.
Mazkur Farmon ertaga, 21 iyul kuni soat 05:00 dan e’tiboran kuchga kiradi
Qayd etilishicha, farmon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq qabul qilingan.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023