Qoraqalpog‘iston effekti: Konstitutsiya muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining muhokamasi tugash muddati – 5 iyuldan 15 iyulgacha uzaytiriladi. Ushbu taklif bugun, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bildirildi.

Unga ko‘ra, Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamasini o‘tkazish muddatini yana 10 kunga, ya’ni joriy yilning 15 iyuligacha uzaytirishni taklif qildi. 

“Umumxalq muhokamasida bildirilgan talab va istaklardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 70, 71, 72, 74, 75-moddalirini o‘zgarishsiz qoldirib, amaldagi normalarni saqlab qolish haqidagi fikrlarni e’tiborga olishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu esa o‘z navbatdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalqimiz bilan yana bir bor atroflicha muhokamalardan o‘tkazish, berilgan taklif va mulohazalarning barchasini tizimli ravishda tahlil qilish imkoniyatini beradi”, deydi Shirinov. 

Bildirilgan taklif deputatlar muhokamasidan o‘tdi va qaror qabul qilindi. Shu asosda qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kun muddatga, 15 iyulgacha uzaytirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing