Qor va quruq sovuq. O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda bir hafta mobaynida kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun, 7 dekabr kuni O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Harorat foni me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘lishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.  

Ma’lum qilinishicha, ertaga, 8 dekabr kuni O‘zbekiston hududlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

9 dekabr kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi.

10-11 dekabr kunlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

3137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing