Qirg‘iziston “Hizb ut-Tahrir” yetakchisini O‘zbekistonga topshirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Hizb ut-Tahrir” diniy- ekstremistik tashkilotining mintaqaviy yetakchisini O‘zbekistonga topshirdi. Bu haqda MXDQ ma’lum qildi, deb xabar bergan mahalliy nashrlar.

Qayd etilishicha, diniy ekstremistik va terroristik guruhlarni aniqlash, ularning faoliyatiga chek qo‘yish doirasida o‘tkazilgan tadbirda yashirin ekstremistik tarmoqni tashkil etgan “Hizb ut-Tahrir” DETning Qirg‘iziston janubiy viloyatidagi yetakchisi ushlangan. U chet el fuqarosi bo‘lgan.

Unga ko‘ra, qo‘lga olingan Sh.I. “Hizb ut-Tahrir” DETning O‘zbekiston Respublikasidagi hududiy rahbari bo‘lgan. U Qirg‘iziston Respublikasining janubiy viloyatlari va O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlarida faoliyati taqiqlangan tashkilot bo‘limlarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha o‘zining hamfikrlari bilan yashirin faoliyat olib borgan.

Sudgacha bo‘lgan tergov harakatlari doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs o‘n yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonda rasmiy qidiruvda bo‘lib, Qirg‘iziston Respublikasi hududida yashirinishga uringani aniqlangan. So‘ng Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

740

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing