Qibrayda 24 yashar yigit besh kishini vahshiylarcha o‘ldirdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyul kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida 24 yoshli yigit bir oilaning to‘rt a’zosi va xonadonda ishlayotgan ustani o‘ldirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, kecha soat taxminan 01:20 larda Qibray tumani IIBga Qibray tumani “Istiqbol” MFY Humo ko‘chasidagi uyda qotillik sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borganida, o‘tkir tig‘li, kesuvchi-sanchuvchi jism bilan jarohatlangan holdagi 5 kishining murdalari topilgan. Shundan so‘ng, surishtiruv natijasida ushbu qotillikni sodir etgan shaxs 1997 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan Sh.I. ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, qotil xonadon egalari: 61 yoshli E.A, 35 yoshli M.A, 33 yoshli M.A., 24 yoshli E.A., shuningdek mazkur xonadonda yollanma quruvchi-usta sifatida ishlayotgan 37 yoshli Q.K.ni vahshiylarcha pichoqlab, o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda xonadonda E.A.ning turmush o‘rtog‘i G.E. va uning qizi M.E. ham bo‘lgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan ushbu shaxs 2018/19 yilda “Istiqbol” MFY hududidagi uyda yollanma ishchi bo‘lib ishlagan vaqtida marhuma M.A. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "a" va “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

3315

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing