Qashqadaryoda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 700 kg hayvon go‘shti aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 700 kilogramm hayvon go‘shtini ortib ketayotgan Damas aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB va YHXB xodimlari tomonidan Ko‘kdala tuman hududidagi “Umakay” muntazam YPX maskanida Surxondaryo-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, fuqaro B. T. boshqaruvidagi Damas to‘xtatib tekshirilgan. 

Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganda, unda veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan taxminan 700 kilogramm og‘irlikdagi hayvon go‘shti borligi aniqlangan. 

Shundan so‘ng, go‘sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing