Qachon YPX xodimi haydovchining mashinadan tushishini talab qilishi mumkin?
Jamiyat
−
03 iyun 2019
7207Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilinishicha, quyidagi hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:
• transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
• haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
• transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
• transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
• haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
• haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin bo‘lgan hollarda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023