Issiqlik ta’minoti uchun suvning haroratiga qarab pul to‘lash tartibi o‘rnatiladi — Qurbon Tursunov

Jamiyat

image

Issiqlik ta’minoti uchun hisoblagich orqali pul to‘lash tartibi joriy qilinadi. Bunda aholi suvning haroratiga qarab to‘lov qiladi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qobil Tursunov joriy yilning 28 oktyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bundan keyin barcha loyihalarimiz markaziy hisoblagich orqali amalga oshiriladi. Issiqlik ta’minotiga ham hisoblagich bilan to‘lash belgilandi. Bu joriy yildan boshlandi. Ulgurji iste’molchilar hisoblagich orqali pul to‘laydi. Faqat aholi metr kvadratdan kelib chiqib hisoblanadi. Issiq olsa ham, sovuq olsa ham bir xil pul to‘laydi. Masalan, tashqi havo harorati yuqori bo‘lgan paytda, biz ham issiqlik ta’minoti korxonasida haroratni balandroq qilishimiz kerak. Tabiiyki gaz sarfi ko‘payadi. Lekin aholi tomonidan to‘lanadigan summa bir xil”, degan vazir o‘rinbosari.

Qobil Tursunov so‘zida davom etib, hozir odamlar 70 darajali suvga ham, 60 darajaga ham, 75 darajaga ham bir xil to‘lov qilmoqda. Hisoblagich bo‘lsa, odamlar yuqori haroratli suv uchun ko‘proq, past haroratli suv uchun kamroq pul to‘laydi. 

“Afsuski, bu loyihani endi amalga oshiryapmiz, bundan keyin bo‘ladigan loyihalar hisoblagich bilan amalga oshiriladi”, deb ta’kidladi u.

Avvalroq, O‘zbekistonda aholining issiqlik ta’minotidan qarzdorligi 2 trln 100 mln so‘mga yetgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing