Isroildagi 300 ga yaqin saytga kiberhujum qilindi

Texnologiya

image

Bugun, 21 may kuni Isroilning 300 ga yaqin, shu jumladan, yirik kompaniyalar va siyosiy arboblarga taalluqli saytlar kiberhujumga uchradi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, ushbu hujum "The Washington Post" gazetasining 18 maydagi sonida Isroil Eronning Bender Abbos shahridagi Shahid-Rajai portiga kiberhujum qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi da’volar e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach sodir bo‘ldi.

“The Times of Israel” xabariga ko‘ra, isroillik ekspertlar saytlarni Turkiya, Shimoliy Afrikaning bir qator davlatlari va G‘azo sektori bilan aloqasi bo‘lgan xakerlar guruhi buzgan degan fikrda. Ammo Eron emas. Mashhur qahvaxonalar tarmog‘ining veb-sahifalari, bir qator tijorat kompaniyalari, bir nechta munitsipalitetlar, shuningdek, “Merets” partiyasi rahbari Nitsan Gorovitsning shaxsiy sayti kiber hujumlarga duchor bo‘lgan.

Gazetada ta’kidlanishicha, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar hujumdan yetkazilgan zararni “yuzaki”, deb baholagan. Chunki tajovuzkorlar ushbu elektron sahifalarni qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyaning dasturiy ta’minotida faqat bitta zaiflikdan foydalangan va "davlat infratuzilmasiga ta’sir ko‘rsatilmagan".


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing