Islom olami liderlari Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan tabriklamoqda

Jamiyat

image

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Tabriknomalarda davlat rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va farovonlik hamda taraqqiyot va ravnaq yo‘lida muvaffaqiyat tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

  • Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayip Erdog‘an
  • Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev
  • Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
  • Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Al-Nahayon
  • O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al-Said
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos
  • Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte
  • Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Al-Saud
  • Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi shayx Muhammad bin Zoid Al-Nahayon
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx Mansur bin Zoid Al-Nahayon
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Al-Maktum
  • Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev
  • Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin
  • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing