Instagram’da “stories”ga havola qo‘yish 2 dollar bo‘ladi

Texnologiya

image

Instagram foydalanuvchilardan postlarga havolalar qo‘shgani uchun haq olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan. Agar tizim amalga oshirilsa, har bir havolali post muallifga 2 dollarga tushadi.

Bunda foydalanuvchi o‘z xabariga havolani qo‘shganda, buning uchun 2 dollar to‘lashini so‘raydigan oyna paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, hozirgi paytda Instagram'dagi eng bezovta qiluvchi cheklovlardan biri - aksariyat foydalanuvchilarning o‘z xabarlariga havola qo‘shish imkoniyatining yo‘qligi. Agar akkaunt tasdiqlangan bo‘lsa yoki unga kamida 10 ming obunachi obuna bo‘lsa, u holda "stories"ga havola qo‘shish mumkin. Boshqa foydalanuvchilar uchun esa bir nechta variantlar mavjud.

Masalan, "profildagi havola" sarlavhasi yoki bit.ly kabi qisqa havolalardan foydalanish.

Instagram bu qulaylik to‘lov to‘lashga arziydi, degan qarorga keldi. Shuning uchun, ma’muriyat bu xususiyat ustida tajriba o‘tkazishni ma’qul ko‘rdi.

Havolasi bo‘lgan har bir xabarga 2 dollardan ajratish odatiy foydalanuvchi uchun ham, biznes-akkaunt uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Lekin, ushbu xususiyat tovar va xizmatlarni, bloglarni va boshqa shaxsiy loyihalarni reklama qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Ma’lumot uchun, Facebook korporatsiyasi Instagram'ni 2012 yil 9 aprelda 1 milliard dollarga sotib olgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Facebook Instagram

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing