Inha universiteti karantinga yopildi. Talabalardan birida COVID-19 aniqlangan

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Inha universiteti 23 martdan ikki hafta muddatga karantinga yopildi. Bir nafar talabada koronavirus aniqlangan.

Ushbu xabarni universitet Matbuot xizmati ham tasdiqladi

“22 mart kuni universitetning ikkala binosi (o‘quv xonalari, laboratoriyalar, idoralar, kutubxona, oshxonalar, yo‘laklar, zallar, zinapoyalar, liftlar va boshqalar) ham to‘liq dezinfeksiya qilindi”, deyiladi universitet xabarida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda.

Avvalroq Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida koronavirus aniqlanayotgani, shu sababdan joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, joriy yilning 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida COVID-19  aniqlangani sabab karantinga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing