Imomali Rahmonning o‘g‘li Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Tojikiston poytaxti raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Imomali Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdilar va tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Rustam Imomali Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Rustam Imomali

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing