Ikki yillik tanaffusdan so‘ng ilk o‘zbekistonlik Haj ziyoratchilari Madinaga yetib bordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 iyun kuni tongda ikki yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent xalqaro aeroportidan Madina shahriga yo‘l olgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar eson-omon muborak zaminga yetib bordi. Bu haqda Musulmolar idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Hamyurtlarimizni saudiyalik tashkilotchilar tomonidan munosib kutib oldi va ularga yuqori darajada xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ziyoratchilar mehmonalarga joylashib bo‘lganlaridan so‘ng ixlosu imon bilan ibodatlarni ado etishga kirishdi.

Ma’lumot uchun, ziyoratchilar 18-30 iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha haj safariga kuzatiladi va xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha 14-31 iyul kunlari O‘zbekistonga qaytib keladilar. 

Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Namangan shahriga to‘g‘ri kelmoqda – jami 16 ta reysda 3916 yo‘lovchi Hajni ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Poytaxtdan Hajga otlanganlar soni biroz kamroq – Saudiya Arabistoniga 15 reysda 3587 nafar yo‘lovchi ketishi kutilmoqda. Bortida 1209 yo‘lovchi bo‘lgan 5 ta samolyot Qarshidan, Samarqanddan uchta reys va 735 yo‘lovchi, Buxorodan 3 ta reys va 717 ta yo‘lovchi, Urganchdan ikkita samolyotda 490 ta yo‘lovchi, Nukusdan bitta reys va 246 ta ziyoratchi Haj safariga borishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

79

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing