IIV: Farzandning otasini haqoratlab, urishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Jamiyat

image
Otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il jazolandi north_east

Otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda farzand 80 yoshli otasini haqoratlab, urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videodagi holat Jizzax viloyati Yangiobod tumanida yuz bergani aytilgan. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unda ta’kidlanishicha, holat o‘tgan yilning 13 fevral kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani “Sarmich” MFY Pastki Sarmich qishlog‘ida yashovchi 1936 yil tug‘ilgan O.Tolipov xonadonida sodir bo‘lgan. Videoda ko‘ringan keksa yoshli otaxon - xonadon egasi fuqaro O.Tolipovning o‘zi bo‘lib, u muqaddam ikki marotaba 2002 yil 17 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi va 2015 yil 13 avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlari bilan sudlangan.  2015 yilda u sobiq turmush o‘rtog‘i O.Jo‘rayevani qasddan o‘ldirgandan so‘ng agressiv holatga tushib, o‘zi mustaqil harakat qila olmaydigan va ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qolgan. Shuning uchun, farzandlari uning soch, soqol va tirnoqlarini olish maqsadida qaragan vaqtida u doimiy ravishda qarshilik ko‘rsatib, qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib kelgan.

Holat sodir bo‘lgan kunda ham fuqaro O.Tolipovning o‘g‘li 1972 yil tug‘ilgan Z.Tolipov va uning turmush o‘rtog‘i 1970 yilda tug‘ilgan M.Mansurova O.Tolipovning kiyimlarini almashtirish, yuvintirish hamda tanasining orqa qismiga toshgan yaralarga dori quyish maqsadida yashash xonadonining pesh ayvoniga olib chiqqanligi, u esa doimgidek o‘g‘li va keliniga qarshilik ko‘rsatgani, holatni Z.Tolipovning qizi 2000 yilda tug‘ilgan Sh.Obidjonova qo‘l telefonida tasvirga olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing