IIB: Samarqandda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida yuz bergan janjalli holat bo‘yicha bayonot berdi (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 iyun kuni bir qator ijtimoiy tarmoqlarda YHXB xodimlariga nisbatan fuqarolar tomonidan xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilish tasviri ifodalangan videotasvir tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 5 iyun kuni soat 22:50 larda Samarqand shahar “Buyuk ipak yo‘li” ko‘chasida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi oldida o‘tkazilayotgan “Avtopatrul” reyd tadbiri davomida “Buyuk ipak yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan avtomashinalar to‘xtatilib tekshirilgan.

Ushbu jarayonda Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalari yo‘l patrul xizmati bataloni yo‘l-patrul xizmati ikkinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori serjant S.N. Samarqand shahar B.I.Yo‘li ko‘chasidan xarakatlanib kelayotgan avtomashinalarga “Diqqat” ishorasini berib, to‘xtatish chorasini qo‘llagan vaqtida Cobalt rusumli 30 N 492 SA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi YPX xodimini ko‘rib, o‘z boshqaruvidagi avtomashinasini 100 metr oldinroqda to‘xtatib, avtomashinasidan tushib orqaga qarab qochgan.

Bu vaqtda YPX xodimi tomonidan haydovchini spirtli ichimlik iste’mol qilgani holda transport vositasini boshqarib kelganlikda gumon qilib, haydovchini ushlash bo‘yicha Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Yevraaziya” oshxonasi oldida xizmat olib borayotgan ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor K.J.ga aloqa vositasi orqali xabar beradi.

Xabarga asosan haydovchi ushlanib, boshqaruvida bo‘lgan avtomashina oldiga olib kelinayotgan vaqtida haydovchining ikki nafar tanishlari va ko‘chada bo‘lgan bir necha nafar fuqarolar haydovchini qochirib yuborish maqsadida YPX xodimiga yopishib, haydovchini qochib ketishga sharoit yaratgan.

Xodisa joyiga yordamga yetib kelgan serjant S.N va ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori serjant B.Q.lar haydovchini ushlab, serjant B.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan patrul avtomashinasiga joylashtirishgan.

Haydovchi bilan olib borilgan suhbat davomida, u o‘zini Urgut tumani O‘ramas qishlog‘ida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.T. ekanligini, 2019 yil 5 iyun kuni tushlik vaqtida oz miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan xujjatlari yo‘qligi va qo‘llaniladigan jarima miqdoridan qutilish maqsadida YPX inspektorlaridan qochishga harakat qilganligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, A.T. tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, tibbiy bayonnomaga ko‘ra, hushyor xolatda bo‘lganligi aniqlangan. Biroq unga nisbatan transport vositasini tegishli xujjatlarsiz va YPX inspektorining qonuniy talabiga buysunmaganligi holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

YPX inspektorlari va haydovchi tan jarohati olmaganligi, lekin YPX inspektoriga haydovchi hamda uning tanishlari qarshilik qilganligi holati bo‘yicha ularga nisbatan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing