Ichida giyohvandlik moddalari bo‘lgan Lacetti qochishga urinib, pastlikka tushib ketdi 

3-sahifa

image

Sirdaryoda ichida ko‘p miqdordagi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi hamda giyohvandlik moddasi bo‘lgan Lacetti Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining buyrug‘iga bo‘ysunmay,  qochishga urinib, pastlikka tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni olingan tezkor xabar asosida viloyat DXX va bojxona boshqarmalari hamda viloyat IIB JQB tezkor xodimlari hamkorligida Sayxunobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbirda davlat raqami yechib qo‘yilgan Lacetti mashinasini YPX xodimlari yordamida to‘xtatilish choralari ko‘rilgan vaqtda uning haydovchisi YPX xodimining qonuniy buyrug‘iga bo‘ysunmay qochishga uringan. 

U yo‘l chetida to‘xtab turgan YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat mashinasiga shikast yetkazgan holda YPX maskani yonida joylashgan pastlikka tushib ketgan. Shundan so‘ng mashinada bo‘lgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tarkibida ko‘p miqdorda  kuchli ta’sir etuvchi hamda giyohvandlik moddasi bo‘lgan dori vositalari borligi aniqlanib, ular daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

661

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing