Guterrish Myanma rahbariyatini rohinja musulmonlari huquqlarini ta’minlashga chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanma harbiy xuntasi rahbariyatini bu mamlakatdagi inqirozni hal qilishda rohinjalarning to‘liq va samarali ishtirokini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda Jahon tashkiloti rahbarining rohinjalarga qarshi ommaviy etnik tozalash boshlanganining besh yilligi munosabati bilan qilgan murojaatida aytiladi. 

Guterrish, aholining aksariyati buddistlar bo‘lgan Myanmada rohinja musulmonlari keng tarqalgan diskriminatsiyaga uchraganini eslatdi. 

U Myanmada inson huquqlari va xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat bu mamlakatdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng sezilarli darajada yomonlashganini aytdi. 

“Xalqaro hamjamiyat Myanmadagi inqirozga keng qamrovli, doimiy va qamrab oluvchi yechimlarni izlashda davom etishi zarur”, deyiladi Guterrish bayonotida. 

Myanmada 2021 yil 1 fevralga o‘tar kechasi harbiylar noyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bilan kelishmovchilik tufayli davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. 

Pushistlar qator amaldorlarni, jumladan, mamlakatning amaldagi rahbari Aun San Su Chjini hibsga oldi. Myanmada bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilindi. 

Xunta davlat to‘ntarishiga qarshi namoyishchilarni bostirgandan beri 2000 dan ortiq odam halok bo‘ldi. 

13 mingga yaqin odam hibsga olingan, ularning 10 mingdan ortig‘i hamon hibsda qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish M'yanma

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing