Germaniyada otishma. Olti kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Germaniya politsiyasi mamlakat janubi-g‘arbida otishma sodir bo‘lganini, jabrlanganlar borligini, halok bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Rot-am-Zeyeda katta politsiya uchastkasi bor. Otishma o‘sha yerda sodir bo‘lgan. Binoda yaralanganlar bor. Halok bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkin. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan”, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya. 

OAV halok bo‘lganlar soni olti kishi ekanligini ta’kidlamoqda. Keyinchalik politsiya ham bu xabarni tasdiqladi. Yaralanganlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Voqea Baden-Vyurtemberg federal yerida sodir bo‘lgan.

Keyinchalik Baden-Vyurtemberg politsiyasi matbuot kotibi David Ebertning ma’lum qilishicha, bu terakt emas. Otishmaga oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. 

“Terakt alomatlari mavjud emas”, degan u OAV vakillariga.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Otishma

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing