Germaniyada 13 ming yil “uxlagan” vulqon harakatlanayotgani aytildi

Olam

image

So‘nggi paytlarda Germaniyadagi Ayfel vulqoni platosida faollik kuzatila boshladi. Bu haqda Nevada universiteti va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti geologlari xabar berdi. So‘nggi tadqiqotlar natijalari “Geophysical Journal International” jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, har yili yer osti vulqonlaridan bir millimetrga ko‘tariladi va bu me’yoriy hisoblanadi. Biroq Ayfel mintaqasida uyg‘onish ancha tezlashgan.

Belgilangan hududda yer ostidagi anomal harakatlar magmaning yer yuziga tez ko‘tarilishini anglatadi. Vulqon otilishi yaqin kelajakda ro‘y berishi haqiqat emas, ammo olimlar har qanday holatda ham geologik jarayonlarni kuzatmoqchi.

Germaniyaning Ayfel mintaqasida oxirgi marta vulqon 13 ming yil oldin otilgan. Shu sababli zamonaviy Yevropaning markazida katta "o‘lik zona" paydo bo‘lgan. Bu qadimgi ovchi va terimchi qabilalarining uzoq vaqt davomida bir-birlari bilan aloqalarning yo‘qolishiga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya vulqon

Baholaganlar

164

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing