G‘arb davlatlari vahima ichida qolgan – Erdo‘g‘an
Olam
−
08 Sentabr 2022
14443G‘arb davlatlari qish arafasida narxlarning ko‘tarilishi mumkinligidan xavotirga tushib qolgan. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.
“Energetika inqirozi mavzusi bor, narxlar ko‘tarilmoqda. Endi G‘arb bu qishni qanday o‘tkazishni o‘ylab, vahima ichida qolgan”, deydi Erdo‘g‘an.
U oqilona qadamlar yordamida mamlakatlarning bu sinovlardan omon qolishiga umid bildirgan. Biroq Prezident qanday qadamlar haqida gapirayotganini aniq aytmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiya Prezidenti G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi bo‘yicha noto‘g‘ri pozitsiyani egallaganini aytgandi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023