Fransiyaga qarshi dubl qayd etgan Ronaldu bir necha rekordni yangiladi

Sport 11029
image

Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha mutlaq rekordchi, eronlik Ali Dayining natijasini takrorladi. Keyingi gol uni bu borada tengsiz bo‘lishiga olib keladi.

Bundan tashqari, u o‘z faoliyatida ilk bor Fransiya darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zi gol urgan terma jamoalar sonini bittaga ko‘paytirib oldi. 3-turda ham gol urish oqibatida u guruh bosqichining har bir turida gol urgan ilk portugaliyalik futbolchiga aylandi.

Bu o‘yindagi natijadan so‘ng, Krishtianu Jahon chempionatlari hamda Yevropa chempionatlarida jami 20+ gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Ushbu dubl natijasida Ronaldu Yevro-2020 dagi gollari sonini 5 taga yetkazib oldi va turnir to‘purarlari poygasida peshqadamlikni saqlab turibdi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 629
Reyting: 3
t
×